Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident sayloviga qancha pul ajratilishi ma’lum bo‘ldi

Prezident sayloviga qancha pul ajratilishi ma’lum bo‘ldi

Arxiv foto.

Markaziy saylov komissiyasi oktyabrdagi prezident saylovi Xarajatlar smetasini — 300 mlrd so‘m etib tasdiqladi. Bu haqda MSK matbuot xizmatiga tayanib «Gazeta.uz» xabar berdi.

Unga ko‘ra, siyosiy partiyalar ko‘rsatgan nomzodlarning tashviqot va targ‘iboti uchun 15 mlrd 486 mln so‘m, har bir nomzodga esa — 3 mlrd 97 mln so‘mdan ajratiladi.

Saylov jarayonida koronavirusga qarshi kurash uchun 11,5 mlrd so‘m sarflash rejalashtirilgan.

Yig‘ilishda saylov uchun ajratilgan mablag‘larning aniq va manzilli sarflanishi nazorat qilib borilishi va saylov yakunida iqtisod qilingan mablag‘lar davlat budjetiga qaytarilishi ta’kidlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring