Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident Yevropaning ikki davlati rahbari bilan muzokara o‘tkazdi

Prezident Yevropaning ikki davlati rahbari bilan muzokara o‘tkazdi

Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan COP29 sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Finlandiya hamkorligini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Faol siyosiy va parlamentlararo aloqalar mamnuniyat bilan qayd etildi.

Yangi iqtisodiy kun tartibini shakllantirish uchun metallurgiya, elektrotexnika, kimyo, telekommunikatsiya va boshqa sohalarda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturini tayyorlash taklif etildi.

Shu ma’noda, 2025 yil yanvar oyida Xelsinki shahrida bo‘lib o‘tadigan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va biznes forumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.

Ta’lim va ekologiya sohasidagi almashinuvlarni mustahkamlash, shu jumladan BMTning Orolbo‘yi uchun Trast jamg‘armasi faoliyatida Finlyandiyaning faol ishtirok etishi istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek Shavkat Mirziyoyev Chernogoriya Prezidenti Yakov Milatovich bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va turizm sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Iqtisodiy kun tartibini ishlab chiqish uchun Hukumatlararo komissiya tuzish va uning birinchi yig‘ilishini kelgusi yilda Toshkent shahrida biznes forumi bilan birgalikda o‘tkazish taklif etildi.

Bundan tashqari, savdo-iqtisodiy hamkorlik va investitsiyalarni himoya qilish bo‘yicha asosiy bitimlar tayyorlanadi, ustuvor yo‘nalishlarda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga doir "yo‘l xaritasi" ishlab chiqiladi.

Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring