Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyevni aeroportda Qozog‘iston prezidenti kutib oldi

Shavkat Mirziyoyevni aeroportda Qozog‘iston prezidenti kutib oldi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga keldi.

Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev kutib oldi.

Ertaga ikki mamlakat yetakchilari raisligida Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisi bo‘lib o‘tadi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish, siyosat, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq xo‘jaligi va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilinadi.

Dasturga muvofiq, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi va «Markaziy Osiyo + Yaponiya» formatidagi muloqotda ishtirok etish ham rejalashtirilgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring