Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun Oliy majlis qo‘shma yig‘ilishida bosh vazirlikka nomzod tasdiqlanadi

Bugun Oliy majlis qo‘shma yig‘ilishida bosh vazirlikka nomzod tasdiqlanadi

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etyapti.

Qo‘shma majlis davomida bosh vazir lavozimiga nomzodni tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Xabar.uz muxbiri ma’lum qilib o‘tdi.

– Bosh vazir lavozimiga tasdiqlash shunchaki tasdiqlash bo‘lib qolmasligi kerak. Deputatlar bosh vazirdan nimalar kutayotganini, xalq uchun nimalar qilish kerakligini bildirishlarini istagan bo‘lardim.

Agar biz munosib nomzodlarni tanlab, o‘z joyiga qo‘ya olsak, kelgusi ishimizda ham o‘zimizga oson bo‘ladi. Bugun biz mamlakatimiz ravnaqi uchun muhim qaror qabul qilishimiz kerak. Yurt ravnaqi uchun bosh vazir va hukumat mas’ul bo‘ladi.

Biz shu vaqtgacha katta raqamlarga mahliyo bo‘lib yurdik. Ammo bundan xalq manfaat topmadi. Bizning maqsadimiz – har bir xonadonning daromadini oshirish bo‘lishi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, bosh vazir lavozimi uchun O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Abdulla Aripov nomzodi ko‘rsatilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring