Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

BMT bosh kotibi tez orada O‘zbekistonga keladi

BMT bosh kotibi tez orada O‘zbekistonga keladi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrishning Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘ylab safari 29-iyun kuni boshlanadi, deb xabar berdi BMT.

Guterrishning matbuot kotibi Stefan Dyujarrikning aniqlik kiritishicha, tashrif O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmanistonga rejalashtirilgan.

Unga ko‘ra, har bir mamlakatda Guterrish davlat rahbari va boshqa yuqori martabali hukumat vakillari bilan uchrashadi, shuningdek, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga oid loyihalar bilan tanishadi va mahalliy faollar bilan muloqot qiladi.

4-iyul kuni Ostonada Bosh kotib ShHT sammitida ishtirok etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring