Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulla Aripov bosh vazir lavozimiga tasdiqlandi

Abdulla Aripov bosh vazir lavozimiga tasdiqlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma yig‘ilishida O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan nomzodi ko‘rsatilgan Abdulla Aripov bosh vazirlik lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Xabar.uz muxbiri ma’lum qilib o‘tdi.

Abdulla Aripovning nomzodini yoqlab qonunchilik palatasi deputatlari va senatorlar alohida ovoz berdi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra qonunchilik palatasi deputatlarining 148 nafari nomzodni yoqlab chiqdi. Bir deputat betaraf qoldi va yana biri ovoz bermadi.

Senatorlarning 94 nafari Abdulla Aripov uchun ovoz bergan bo‘lsa, 3 nafari ovoz bermadi. Shu tariqa Abdulla Aripovning nomzodi bosh vazirlik lavozimiga tasdiqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring