Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zoyir Mirzayev so‘kong‘ich hokimga jazo tayinladi

Zoyir Mirzayev so‘kong‘ich hokimga jazo tayinladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Angren shahar hokimi Alisher Raimovga tegishli davlat xizmatchisi uchun nomaqbul so‘zlar, haqoratlar ishlatilgan audioyozuv e’lon qilingan edi.

Toshkent viloyati hokimligi Odob-ahloq komissiyasining yig‘ilishida ana shu masala ko‘rib chiqilib, tegishli chora ko‘rish uchun viloyat hokimi Zoyir Mirzayevga taqdimnoma kiritilgan edi.

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning farmoyishiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori talablariga rioya qilmaganligi, davlat xizmatchisining kasb etikasini buzganligi, mansab vakolatlarini suiste’mol qilib, noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etganligi uchun Angren shahar hokimi Alisher Rayimovga nisbatan «hayfsan» intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring