Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yopiq auksiondagi «ochiq o‘yin»

Yopiq auksiondagi «ochiq o‘yin»

Illyustrativ foto

Kogon shahar hokimligining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda yopiq auksiondagi «ochiq o‘yin» oshkor bo‘ldi.

Ya’nikim, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kogon shahar bo‘limi tomonidan shahar tergovga qadar tekshiruvda, Kogon shahridagi «1-son bosh tiklash poyezdi» unitar korxonasi rahbari U.A., korxona balansidagi haqiqiy bahosi 245,9 mln so‘m bo‘lgan «MAZ 652208» rusumli yuk avtomashinasi va tirkamasini 2019 yilda yopiq auksion savdolari orqali 60,2 mln. so‘mga sotib yuborgani aniqlandi. Qimmat mulkni arzonga olgan shaxs begona emas, balki shu korxona muhandisi bo‘lib chiqdi.

Mazkur holatda jinoyat alomatlari bormi? Bo‘lmasa-chi?!

Shundan kelib chiqib, Jinoyat kodeksining tegishli moddalari  bilan «ish» ochildi. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring