Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yilning shov-shuvli premerasi: «Men terrorchi emasman»

Yilning shov-shuvli premerasi: «Men terrorchi emasman»

Foto: Kinematografiya agentligi

22 may kuni Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida «Men terrorchi emasman. O‘limim tarixi» filmining katta premerasi bo‘lib o‘tadi. O‘tkir syujetli harbiy drama janridagi, real voqealarga asoslangan filmda terrorchilik guruhlariga qo‘shilib qolganlarning ayanchli taqdiri haqida hikoya qilinadi.

Ushbu film Rossiyada rus tiliga ham tarjima qilindi. Namoyish kuni ijodiy guruh filmni ikki tilda o‘zbek va rus tillarida tomoshabinlar e’tiboriga havola qilish niyatida.

«Men terrorchi emasman» badiiy filmi O‘zbekiston Kinematografiya agentligi, «Mir Ali sinema» va «Iskandariy visual» kinokompaniyalari bilan hamkorlikda suratga olingan.

Bosh rolda Alixan Husniddinov. Shuningdek, filmda aktyorlardan Sanjar Djavberdiyev, Ziyoda Normurodova, Nasrullo Nurov, Shohrux Rahimov, Bekzod Tadjiyev, Sadriddin Amriddinov va boshqalar rol ijro qilishgan.

Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Muhammad Ali Iskandarov, operator Husan Atabayev, postanovkachi rassom Bahriddin Shamsutdinov, kompozitor Jasur Badalboyev, ijrochi prodyuser Nodir Mo‘minov, montajyor Aleksandr Kim.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring