Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya kompaniyalari Oyda foydali qazilmalarni qazib olmoqchi

Yaponiya kompaniyalari Oyda foydali qazilmalarni qazib olmoqchi

Yaponiyaning Oyni o‘rganish bo‘yicha ispace kompaniyasi va Magna Petra geologiya-qidiruv firmasi Yer sun’iy yo‘ldoshidagi resurslarni qazib olish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olishdi.

Magna Petra kompaniyalarning qo‘shma bayonotida aytilishicha, Oy regolitidan geliy-3 (He-3) izotopi geliyning «tijoriy miqdorlarini» ajratib olishni va uni Yerga qaytarishni rejalashtirmoqda. U elementar zarrachalarni, materiyaning fizik xossalarini va fazodagi jarayonlarni o‘rganish uchun zarrachalar detektorlari va yadro reaksiyalarida ishchi gaz sifatida ishlatilishi mumkin.

Agar hammasi reja bo‘yicha bo‘lsa, ispace’ning Resilience moduli Tenacious mikroroverini Oy yuzasiga olib chiqib, oy landshaftini burg‘ulash va regolit namunalarini yig‘ish ishlarini olib boridi. Ushbu ishlar 2025 yilga rejalashtirilgan.

Magna Petraning ta’kidlashicha, bunday texnologiya kompaniyaga tezda katta hajmdagi geliy-3 ni olish va Yerga yetkazish imkonini beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring