Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorazmda tibbiyot birlashmasi binosidan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan fuqaro ushlab qolindi

Xorazmda tibbiyot birlashmasi binosidan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan fuqaro ushlab qolindi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Xazorasp tumanida bir fuqaro ko‘p qavatli binodan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgani aks etgan tarqaldi. Hodisa yuzasidan Xorazm viloyati IIB matbuot xizmatiga tayanib «Zamon.uz» xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea shu yilning 23 yanvar kuni soat 13:30 larda Xazorasp tumani tibbiyot birlashmasida sodir bo‘lgan. Xazorasp tumanida yashovchi 1977 yil tug‘ilgan shaxs tibbiyot birlashmasi tomiga chiqqan.

O‘zini tomdan tashlamoqchi bo‘lgan shaxs tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan pastga olib tushilgandan keyin ma’lum bo‘lishicha, u o‘zining xatti-harakatlarini anglay olmaydigan darajada kuchli mast holatda bo‘lgan. Fuqaro oila a’zolari hamrohligida qo‘yib yuborilgan.

Hozirda Xazorasp IIB tomonidan shaxsning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish uchun surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring