Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyda davlat to‘ntarishi bo‘ldimi? Pekindagi vaziyat haqida ma’lumot berildi

Xitoyda davlat to‘ntarishi bo‘ldimi? Pekindagi vaziyat haqida ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Xitoyda davlat to‘ntarishi sodir bo‘lgani va muxolifat hokimiyatni qo‘lga kiritgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.

Ma’lum qilinishicha, bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Pekinda vaziyat tinch, xavfsizlik choralari kuchaytirilmagan. Shahar aholisi istirohat bog‘larida sayr qilib, xarid qilishmoqda.

Xitoy poytaxti aholisi 1 oktyabrda nishonlanadigan «Oltin haftalik» – XXR tashkil topganining 73 yilligini nishonlashga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda. Bayramlar munosabati bilan samolyot va poyezd chiptalari qimmatlashadi va tezda sotiladi, chunki mamlakat aholisi, qoida tariqasida, bu davrda ko‘p sayohat qilishadi. Biroq, sayohat chiptalarini istalgan yo‘nalishda sotib olish mumkin, Pekindan chiqib ketish va shaharga kirish ham mumkin. Bundan tashqari, telekanallar, axborot agentliklari va ijtimoiy tarmoqlar ishida uzilishlar kuzatilmagani ma’lum bo‘ldi.

Aniqlik kiritilishicha, 6000 ta reys bekor qilingani haqidagi xabarlarga qaramay, Pekin poytaxti aeroportida faqat 491 ta reys bekor qilingan, ulardan 332 tasi amalga oshirilgan. Xitoyda parvozlarning asosan ob-havo sharoiti yoki epidemiologik vaziyat tufayli kechikishi va bekor qilinishi doimiy ravishda sodir bo‘lib turadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring