Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Ikki karra kattalashgan» Xitoy AQShdan o‘zib ketadi — Amerika banki

«Ikki karra kattalashgan» Xitoy AQShdan o‘zib ketadi — Amerika banki

Foto: «Interaffairs.ru»

Xitoy iqtisodiyoti 2035-yilga borib ikki baravar kattalashishi, AQShni quvib o‘tib, dunyoda yetakchiga aylanishi mumkin. Jahondagi eng yirik moliyaviy konglomeratlardan biri — «Bank of America» tahlilchilarining hisob-kitoblari shuni ko‘rsatmoqda. Bu haqda CNBC xabar berdi.

Amerika bankiga ko‘ra, yalpi ichki mahsuloti (YaIM) ikki karra oshishi uchun Xitoyga 15 yil davomida yillik 4,7 foizlik iqtisodiy o‘sish kerak bo‘ladi.

Bu sur’atga erishish osonmas, biroq mumkin, deyishmoqda tahlilchilar.

Xususan, «BofA Global Research» kompaniyasining Osiyo iqtisodiyoti bo‘limini boshqarayotgan Helen Syaoning ta’kidlashicha, qator islohotlar Xitoyga ushbu marraga yetishda yordam beradi. XXR nafaqat YaIMni ikki baravar oshirishni, balki taxminan 2027-2028-yillardayoq Qo‘shma Shtatlarni dunyoning eng yirik iqtisodiyoti sifatida quvib o‘tishni uddalaydi, deya prognoz qildi Syao.

Xitoy iqtisodiyoti o‘tgan yili 2,3 foizga o‘sgani «Sinxua» agentligi xabarida aytiladi. Bu so‘nggi 40 yildagi eng past o‘sish bo‘ldi. Biroq 2021-yilda, Xalqaro valyuta jamg‘armasi prognozlariga ko‘ra, Xitoy iqtisodiyoti o‘sishi 8,1 foizga ko‘tariladi.

AQSh iqtisodiyoti esa 2020-yilda 3,5 foizga pasaygandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring