Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xayrullo Bozorov xorijda o‘qigan yoshlarga ish taklif qilmoqda

Xayrullo Bozorov xorijda o‘qigan yoshlarga ish taklif qilmoqda

Foto: Viloyat hokimligi axbrot xizmati

Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan kadrlar tanlovi e’lon qilindi. Qayd etilishicha, ushbu tanlov viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda.

Tanlovda xorijiy oliy ta’lim muassasalarida yoki O‘zbekistondagi xorijiy oliygohlar filiallarida ta’lim olgan, rus, ingliz va boshqa chet tillarini biladigan, 35 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislar ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan yoshlardan Telegram tarmog‘ida ishga tushirilgan @fvhrezumebot maxsus boti orqali o‘zlari haqidagi ma’lumotlarni viloyat hokimligiga taqdim etishlari so‘ralgan.

Har bir ishtirokchi bilan bevosita muloqot o‘tkaziladi, ularning bilim va tajribalaridan to‘la foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, mas’uliyatli lavozimlar va rahbarlik ishlariga jalb etish bo‘yicha ish tashkil etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring