Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq banki malakali mutaxassislarni ishga qabul qiladi

Xalq banki malakali mutaxassislarni ishga qabul qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq banki malakali mutaxassislar tanlovini e’lon qiladi.

Yo‘nalish

  • Bankning web va mobil ilovalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha IT xodimlar.

Vakansiya ta’rifi

  • Axborot texnologiyalari sohasida uzluksiz faoliyat yuritishi uchun bir necha sektorlarda qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul hisoblanadi;
  • Axborot texnologiyalari boshqarmasi loyihalari hujjatlar aylanmasini  nazorat qiladi va qo‘llab-quvvatlaydi;
  • Axborot texnologiyalari sohasida strategik rejani amalga oshiradi, shuningdek barcha texnik, veb va mobil ilovalarni baholash, ishlab chiqish va joriy qilish uchun muddat belgilaydi;
  • Ilg‘or mahsulotlarni amaliyotga joriy qilish uchun bank mahsulotlarini ishlab chiquvchilari va loyiha menejerlari bilan birga bir jamoa bo‘lib ishlaydi;
  • Bank axborot texnologiyalari bilan bog‘liq xizmatlar samaradorligining doimiy monitoringini amalga oshiradi;
  • Bank ma’lumotlari umumiy xavfsizligini yaxshilash uchun  bank axborot texnologiyalari jamoasi bilan birga bank tarmog‘i xavfsizligini himoyalaydi;
  • Yangi rejalashtirilgan loyihalarni amalga oshirishda axborot texnologiyalari ta’minotchilari bilan yaqin aloqalarni o‘rnatish;
  • O‘z sa’y-harakatlarini barcha sohalarda samaradorlik va barqarorlikni oshirishga yo‘naltiradi.

Asosiy vazifalari

  • Bankning jismoniy va korporativ mijozlari uchun webva mobil ilovalarga xizmat ko‘rsatadi;
  • iOS va Android platformalaridagi ilovalarni ishlab chiqish, testdan o‘tkazish va mavjud ilovalarni optimallashtirish bo‘yicha jamoaviy jarayonlarda ishtirok etadi;
  • Axborot texnologiyalari boshqarmasi istiqbollari rivojlanishi rejalarini shakllantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
  • Bo‘lim vazifalari va funksiyalariga mos ishlarni bajaradi, ishlar bajarilishini nazorat qiladi;
  • Axborot texnologiyalari boshqarmasi vazifalari va funksiyalariga mos ravishda bankning tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlik qiladi;
  • Bosh ofis va tarkibiy tuzilmalar xodimlariga o‘z vakolatlari doirasida maslahatlar beradi;
  • Bank rahbariyatining Axborot texnologiyalari sohasiga kiruvchi topshiriqlarini bajaradi;
  • AT va ma’lumotlar bo‘yicha elektron amaliyotlarni rejalashtirish, tashkillashtirish, nazorat qilish va baholash;
  • Axborot texnologiyalari xodimlarini ishga yollash, o‘qitish va kouchingi, ishidan kutilayotgan natijalar va samaradorligini baholash orqali boshqarish;
  • Muammoli sohalarni aniqlash va strategik yechimlarni o‘z vaqtida joriy qilish;
  • Tizim auditini o‘tkazish va natijalarini baholash;
  • Bankning axborot texnologiyalarga oid yillik hisobotini tayyorlash va xarajatlar samaradorligini ta’minlash.

Asosiy talablar

Ma’lumoti va tajribasi:

  • Tegishli ish sohasida bakalavr darajasi talab qilinadi, ilmiy daraja ma’qullanadi;
  • Axborot texnologiyalari sohasida ish tajribasi, axborot texnologiyalari menejeri sifatida yangi texnik mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy etish sohasida ish tajribasi;
  • Axborot texnologiyalari va vositalari bo‘yicha a’lo bilimlar va tajribaga ega ekanligi.
  • Ma’qullanadigan ko‘nikmalar:
  • Tegishli tuzilma doirasida har qanday dasturlash tilini bilish;
  • Bank tizimining konsepsiyalari, prinsiplari, barcha texnik va texnologik resurslar haqida kompleks bilimga ega ekanligi;
  • Bank «biznesi» va uni qo‘llab-quvvatlovchi jarayonlar haqida keng tushunchaga ega ekanligi;
  • Axborot texnologiyalarning tashqi va ichki qoidalarini tushunish;
  • Bank tizimi  tavakkalchiliklarini tushunish;
  • Og‘zaki va yozma murojaatlar/taqdimotlar bo‘yicha a’lo ko‘nikmalar;
  • Xorijiy tillarni (rus, ingliz va b.) bilish ma’qullanadi.

Lavozimi

  • Xodimning salohiyatidan kelib chiqib (bo‘lim boshlig‘i, yetakchi mutaxassis).

Ish haqi

  • Kelishuvga ko‘ra (suhbatlashish natijalari asosida).

Kontaktlar

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring