Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Xabar.uz»da yangi videoloyiha: «Ekspert fikri»

«Xabar.uz» sayti O‘zbekistondagi birinchi dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki — IT-Park bilan hamkorlikda yangi videoloyiha — «Ekspert fikri» dasturini taqdim etadi.

Ushbu dasturda IT-Parkning turli startap-loyihalari mualliflari bilan videointervyu, loyiha haqida IT-Park maslahatchisi janob Partasartining ekspertlik xulosalari berib boriladi.

Ko‘rsatuvning dastlabki sonida «Altmed» startap-loyihasi haqida so‘z boradi. Ushbu servis tibbiy xizmatlarni onlayn-bronlashtirish, shuningdek, tibbiy laboratoriyalar, dorixonalar xizmatlari va narxlari jamlovchi xizmat hisoblanadi. Loyiha mualliflarining asosiy maqsadi ushbu mobil ilova orqali aholiga qulaylik yaratish, shifokorlar qabulida jonli navbat kutishlarni oldini olishdan iborat.

Loyiha g‘oyasi qanday yuzaga kelgandi? U O‘zbekistonga qanday foyda keltiradi? Bozordagi raqobatchilar va ularning loyihalaridan farqli jihatlar... Shu va boshqa savollarga startap asoschilaridan biri batafsil javob bergan. Hindistonlik ekspert esa loyiha haqida qimmatli xulosalarini bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring