Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishi o‘tkazmoqda

Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishi o‘tkazmoqda

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi ma’lum qildi.

Davlatimiz rahbari Xalq qabulxonalari va sayyor qabullar odamlarda muammolarini hal qilish mumkinligiga katta ishonch uyg‘otganini ta’kidladi.

Masalan, 4 yil oldin valyuta ayriboshlash, propiska, pensiya va nafaqalarni naqd pulda olish masalalari bo‘yicha har oyda o‘rtacha 100 mingta murojaat tushgan. Bu sohalarda qulaylik yaratilib, muammolar hal etilgani tufayli ularga oid murojaatlar butunlay to‘xtagan.

Yoki O‘zbekiston fuqaroligini olish tartiblarining yengillashtirilgani sharofatidan 100 mingga yaqin oila ro‘shnolik ko‘rgan.

–  Birinchi galda, odamlarimizni murojaat qilishga eng ko‘p majbur qilayotgan tizimli muammolar va ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni mahallaning o‘zida bartaraf etish asosiy vazifa bo‘lishi kerak.

Viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari bir haftada ikki kunni fuqarolarni qabul qilish va ularning murojaatlarini hal qilishga ajratadi.

Ko‘pchilik viloyat hokimlarining qabul kuni har oyning to‘rtinchi shanbasi, ya’ni bir oyda bir marta qilib belgilangan. Ertadan boshlab, barcha viloyat, tuman va shahar hokimliklarida fuqarolarning kunlik qabuli yo‘lga qo‘yilishi shart.

Shuningdek, aholi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tunu-kun murojaat qilishi uchun bir hafta muddatda har bir viloyat, tuman va shahar hokimlarining virtual qabulxonalari va ijtimoiy tarmoqlarda alohida sahifalari tashkil etilsin, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yig‘ilishda aholi murojaatlari bilan ishlash holati vazirlik va hududlar kesimida ko‘rib chiqilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring