Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

UZMOBILE aloqasi endi 6000 metr balandlikda ham bor!

UZMOBILE aloqasi endi 6000 metr balandlikda ham bor!

Foto: Kompaniya matbuot xizmati

UZMOBILE yangi cho‘qqilarni zabt etmoqda! Endilikda xalqaro aviakompaniyalar samolyotlari bortida parvozni amalga oshirgan holda milliy operator xizmatlaridan foydalanish mumkin.

Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda dunyo bo‘ylab aviakompaniyalarning yo‘lovchi tashish hajmi 4,4 milliard kishini tashkil etdi, bu esa dunyo aholisining 60 foizini tashkil etadi! Shu bilan birga, aksariyat o‘zbekistonliklar dunyo bo‘ylab sayohat yoki xizmat yuzasidan safarga chiqib, ko‘p parvoz qilishadi. Va bugungi kunda ko‘pchilik o‘z olis safarlarini aynan aviakompaniyalarga ishonishlari ajablanarli holat emas, sababi u — tez, shinam va qulaydir.

Ehtimol mobil aloqadan foydalana olmaslik imkoniyati parvozlarning asosiy kamchiligi bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Parvoz paytida barcha voqealardan boxabar bo‘lib turish uchun ba’zi hollarda aloqada bo‘lish juda muhim hisoblanadi. Endi UZMOBILE milliy operatori bilan buning imkoni mavjud.

Milliy operator quyidagi yirik xalqaro aviakompaniyalar samolyotlari bortida rouming xizmatlarini taqdim etishni yo‘lga qo‘ydi: Uzbekistan Airways, Turkish Airlines, ALITALIA, Qatar Airways, Emirates, Virgin Atlantic va boshqalar!

Ushbu xizmatni o‘z abonentlariga taqdim etish uchun «O‘zbektelekom» AK va «AeroMobile.AS» (Xalqaro havo bo‘shlig‘i) o‘rtasida shartnoma tuzildi.

Har qanday abonent parvoz vaqtida yerning istalgan nuqtasidan qo‘ng‘iroq qilishi va qo‘ng‘iroqlarni qabul qilishi, shuningdek SMS yuborish yoki internet orqali messenjerlarda muloqot qilishi hamda elektron pochtadagi muhim xatlarni tekshirishi mumkin. Xizmat uchun to‘lovlar miliy valyutada amalga oshiriladi va maxsus shartnoma talab etilmaydi – barchasi juda ham oddiy.

Ishonchli UZMOBILE aloqasi bilan hattoki 6000 metr balandlikda ham barcha ishlardan xabardor bo‘lib turing.

UZMOBILE – ishonchli aloqa mobil operatori!

«AeroMobile» rouming xizmati shartlari bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin. 

Roumingga ulanish bo‘yicha batafsil ma’lumotni quyida keltirilgan havolalardan olishingiz mumkin:

https://youtu.be/-na3ODu_ItM

https://youtu.be/1m1DeIj567w

Sayt: www.uztelecom.uz

Facebook: https://www.facebook.com/uztelecom

Telegram: https://t.me/uztelecomuz

Instagram: https://www.instagram.com/uztelecomuz

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring