Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Подписан Меморандум о сотрудничестве между компанией Uzcard и Центром управления проектами электронного правительства

Подписан Меморандум о сотрудничестве между компанией Uzcard и Центром управления проектами электронного правительства

Foto: Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi

26-yanvar kuni Yagona umumrespublika protsessing markazi (Uzcard) va Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi o‘rtasida memorandum imzolandi. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar berdi.

Memorandumdan asosiy maqsad – O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat va moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan iborat.

Mazkur kelishuvda Yagona umumrespublika protsessing markazi bosh direktori Farrux Ziyayev va Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi rahbari Bahrom Ziyayev hamda har ikkala tomon vakillari ishtirok etishdi.  

Foto: Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi

Uchrashuvda tomonlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilayotgan elektron davlat xizmatlari ulushini oshirish, jismoniy va yuridik shaxslarga elektron davlat hamda raqamli moliyaviy xizmatlarni taqdim etishni nazarda tutuvchi keng qamrovli qulayliklar yaratish, ular uchun elektron to‘lovlar imkoniyatlarini kengaytirish, aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga onlayn xizmatlar ko‘rsatish uchun kerakli ma’lumotlar almashinuvini tashkil etish, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasining boshqa istiqbolli yo‘nalishlarida hamkorlik qilishga kelishib olishdi.

Foto: Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi

Bildirilgan taklif va mulohazalar asosida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali to‘lovlarni amalga oshirishni soddalashtirish, qo‘shimcha to‘lov xizmatlarini joriy etish, elektron davlat xizmatlari hamda moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatishda tizimlar o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvini takomillashtirish yuzasidan texnologik yechimlar topish hamda elektron tijoratni rivojlantirish yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalashtirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring