Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ukraina urushi front chizig‘i bo‘ylab to‘xtatiladimi?

Ukraina urushi front chizig‘i bo‘ylab to‘xtatiladimi?

Rossiya Ukrainadagi urushni front chizig‘i bo‘ylab muzlatish imkoniyatini ko‘rib chiqmayapti, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu variant Rossiya konstitutsiyasi tomonidan istisno qilingan.

“Birinchidan, bunday bo‘lmaydi, bizda xalq irodasini ifodalashga asoslangan Konstitutsiyamiz bor. Ikkinchidan, Rossiyaga qo‘shilgan to‘rt hudud to‘liq egallanmagan”, dedi vazir Qatarga tashrifi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

2024-yilning noyabrida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘sha paytdagi front chizig‘i bo‘ylab Ukrainadagi mojaroni muzlatib qo‘yishni taklif qilgan edi.

Bloomberg agentligining yozishicha, xuddi shunday taklif AQSh tomonidan ishlab chiqilgan tinchlik rejasida ham mavjud. Kreml bu variantni nomaqbul deb hisoblaydi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin jangovar harakatlarni tugatish shartlari sifatida Ukraina Qurolli Kuchlarining DXR va LXR hududlaridan, Xerson va Zaporoje viloyatlari(Rossiya tomonidan 2022-yilda anneksiya qilingan)dan olib chiqib ketish, shuningdek, Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishdan bosh tortishini keltirdi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring