Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Ucell-Urganch»: birinchilikni ushlab turibmiz (video)

«Xabar.uz» saytining «Ucell» mintaqaviy filiallari bo‘ylab media-tur tashrifi davom etadi. Bu gal siz ko‘hna Xorazm markazidagi «Ucell-Urganch» mintaqaviy filiali faoliyati bilan tanishasiz. 

«Ucell-Urganch» hududiy bo‘linmasi 2005-yili tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda bu yerda 40dan ortiq xodim ishlaydi. Muhimi, kompaniya karantin davrida ham aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni to‘xtatmadi.

– Bugunga kelib Xorazm viloyatida 160dan ziyod dilerlarimiz bor. Hamda viloyat bo‘yicha abonentlarimiz soni 400 mingdan oshadi – deydi  «Ucell-Urganch» mintaqaviy filiali direktori  Ibrat Shixov. – Hududiy bo‘linmamiz aholi bilan muntazam ishlab, yildan-yilga o‘z tayanch stansiyalari sonini oshirmoqda. Jumladan, yuqori tezlikdagi internet, LTE stansiyalarimiz soni va sifati keskin ko‘tarildi. Ushbu harakatlarimiz birinchilikni ushlab turishimizga hamda oldinga qadam tashlashimizga katta yordam beradi.

Filial pandemiya davrida kasallikka chalinishning oldini olish uchun barcha operatorlarini himoya vositalari bilan ta’minladi. Bundan tashqari, abonentlarga qulaylik yaratish maqsadida ularning yashash manziliga borib xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ydi.

«Ucell-Urganch» front ofisimiz pandemiyadan oldin 300 dan ziyod abonentga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, bugun to‘rt nafar malakali operatorimiz 150dan ortiq mijozlar bilan ishlamoqda – deydi,  «Ucell-Urganch» Abonentlar bo‘limi rahbari Qudrat Bekchanov. – Bundan tashqari, chekka hududlar, jumladan, Xazorasp va Gurlan tumanlaridagi idoralarimiz ham to‘xtamay ishlab turibdi.

«Mehr-sanoat» xususiy korxonasi rahbari, «Ucell-Urganch» dileri Sardorbek Boltayev kompaniya bilan hamkorlikda ishlayotganidan mamnun ekanligini alohida ta’kidladi:

– «Ucell» kompaniyasi bilan 2008 yildan beri shartnoma asosida ishlab kelaman va uchta savdo nuqtasiga egaman: ikkitasi Urganch shahrida, bittasi Bog‘ot tumanida. Kompaniya taklif etayotgan ta’riflar, ko‘rsatayotgan xizmatlar menga juda ma’qul. Ayniqsa, karantin davrida sim karta yetkazib berish xizmatining joriy etilgani ayni muddao bo‘ldi.

Kompaniya dileri Sardorbek Boltayev shaxsan o‘zi ham abonentlarning uyiga sim kartalar yetkazib berib turgani, uning savdo nuqtalarida oyiga 500-600 ta sim karta sotilishini alohida qayd etib o‘tdi.

– Men 2006 yildan beri «Ucell» kompaniyasining Xorazm viloyat hududiy Urgench filialida bosh muhandis vazifasida ishlab kelaman – deydi  «Ucell-Urganch» mintaqaviy bo‘limi bosh muhandisi Azamat Aniyazov. – Guruhimizda 20 nafar ishchi bor va biz «Ucell» kompaniyasiga tegishli 140dan ziyod tayanch stansiyalari antennalarining uzluksiz aloqasini ta’minlab turamiz. Shulardan 110dan ko‘prog‘i 3G bilan jihozlangan. 60 ta tayanch stansiyamiz yuqori tezlikdagi 4G moslamaga ega.

Bosh injener, shuningdek, yil oxirigacha to‘rtta tayanch stansiya:  Urganch, Hamkor tumani, Tuproqqal’a hamda Pitnak massivlarida ishga tushirilishi bo‘yicha loyihalar boshlab qo‘yilganini ta’kidladi.

Jamoaga ushbu xayrli ishlarida omad tilab, hammani  «Ucell-Urganch» mintaqaviy filialiga taklif etib qolamiz!

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring