Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ucell-Qarshi» mintaqaviy ofisidan videoreportaj

Qashqadaryo viloyatida 400 mingdan ortiq Ucell abonentlari bor. Ularni sifatli aloqa xizmati bilan ta’minlash uchun viloyatda «Ucell-Qarshi» mintaqaviy ofisi faoliyat yuritadi. Hozirda ofisda 44 kishi ishlaydi, ular qatorida operatorlar, savdo vakillari va texnik departament xodimlari bor.

«Hudud bo‘ylab 145 ta dilerlik sotuv shoxobchalari tashkil etilgan. Xizmat ko‘rsatish sifati doim yuqori darajada bo‘lishi uchun dilerlik nuqtalari muntazam ravishda nazoratdan o‘tkaziladi, shuningdek, operatorlar bilan o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladi», – deydi «Ucell-Qarshi» mintaqaviy filiali direktori Malik Yusupov.

Mijozlarga qulay bo‘lishi uchun viloyatning G‘uzor va Muborak shaharlarida ham ekspress-ofislar ochilgan. Abonentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimlari kuniga o‘rta hisobda 200 kishiga aloqa, sim-kartalar, tariflar va boshqa maslalar bo‘yicha yordam ko‘rsatadilar.

Zamonoviy standartlar asosida ofisda elektron navbat tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Mansur Eshmurodov, «Ucell-Qarshi» mintaqaviy ofisi bosh muhandisi:

Bizning bo‘limda 23 kishi faoliyat olib boradi. Qashqadaryo viloyati bo‘ylab 200ga yaqin tayanch stansiyalarmiz bor. Ularning 24 soat uzluksiz ishlashini ta’minlash bizning asosiy vazifamiz. Saytlarda avariya holatlarini o‘z vaqtida tezkor bartaraf etish uchun xodimlarimiz guruhlarga bo‘lingan. Elektr ta’minoti tufayli sodir bo‘lgan avariyalarda, maxsus guruhlar mobil generatorlar asosida aloqani tiklaydilar. Bundan tashqari 60 ortiq stansiyalarda doimiy generatorlar, 30ta stansiyada esa qo‘yosh energiyasi ta’minoti qo‘rilmalari o‘rnatilgan. Elektr tizimida nosozliklar ko‘zatilsya, ular avtomatik ravishda ishga tushadi.

Tarmoqni kengaytirish maqsadida 2020-2021 yillarda 70dan ortiq 4G qurilmalarini o‘rnatib, ishga tushirdik.

Shavkat Umirov, diler:

— Ucell kompaniyasi bilan 7 yildan bo‘yon hamkorlik qilib kelamiz. Shu yillar davomida viloyatning Kitob, Yakkabog‘, Qarshi tumanlarida va Qarshi shahrida dilerlik shoxobchalarini ochdik. O‘tgan yil karantin davrida xalqimizga qulaylik yaratish maqsadida sim-kartalarni yetkazib berish tizimini ham kiritdik. Ucell tomonidan taqdim etilayotgan bonus va aksiyalar, aloqa sifati mijozlarga manzur kelmoqda. Kelajakda kompaniya bilan yanada ko‘p tarmoqlar ochish niyatimiz bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring