Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Ucell» nufuzli OTM talabalari uchun «Ochiq eshiklar haftaligi» o‘tkazmoqda (video)

«Ucell» kompaniyasi bosh ofisida OTM talabalari uchun «Ochiq eshiklar haftaligi» o‘tkazilmoqda. 

Ushbu haftalikda Toshkent xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari va  INHA universiteti talabalari qatnashmoqda. 

Talabalarga kompaniya tarixi, qiziqarli statistik ma’lumotlar, ishga joylashish tartibi va boshqa muhim masalalar yuzasidan ma’ruza va tushuntirishlar berildi. Kompaniya bo‘limlari va ulardagi sharoitlar bilan tashrif buyuruvchilar shaxsan tanishib bordilar. 

Kompaniyaning xodimlarni boshqarish departamenti mutaxassisi Dildora Razzoqovaning aytishicha, «Ochiq eshiklar kuni» uch kun o‘tkazilishi mo‘ljallangan. Jumladan, 19 fevraldagi tadbirda Toshkent xalqaro Vestminster universiteti talabalari qatnashdi. 

Foto:«Xabar.uz»

«Ushbu talabalar kompaniyamizdagi sharoitlar, ishlash uchun talablar, qanaqa yetuk mutaxassislar kerakligini bilish va yo‘naltirish maqsadida o‘tkazilmoqda. Shuningdek, rasmiy saytimizdagi maxsus «Karera» va «Vakansiya» bo‘limlari orqali ma’lumotlarni olishlari mumkin»-, deydi Dildora Razzoqova.

Shuningdek,  «Ucell» bosh direktori Vladimir Kravchenko ham talabalar bilan davra suhbati o‘tkazdi. Bosh direktor mutaxassis sifatida qanday toblangani, sohada murakkab va qiziqarli jarayonlar xususida fikrlarini almashdi. 

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring