Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Ucell» kompaniyasi Navoiyda abonentlar soni bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda (video)

«Ucell» kompaniyasi Navoiyda abonentlar soni bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda (video)

Foto: «Xabar.uz»

Ucellning mintaqaviy filiallari bo‘ylab «Xabar.uz» media-turlari davom etmoqda. Bu safar «Ucell-Navoiy» mintaqaviy filiali faoliyati bilan tanishamiz.

Ucell-Navoiy» mintaqaviy filialida bugungi kunda 50 nafar xodim xizmat qiladi. Viloyat bo‘yicha jami uchta ofis abonentlarga xizmat ko‘rsatmoqda. Bular – Navoiy, Zarafshon va Uchquduq shaharlaridagi abonentlarga xizmat ko‘rsatish va savdo ofislaridir.

— Bundan tashqari viloyat bo‘yicha jami 103 ta dilerlik savdo shoxobchalari mavjud bo‘lib, ulardan 21 nafarini mobil dilerlar tashkil etadi, — deydi «Ucell-Navoiy» mintaqaviy filiali direktori Alisher Gapporov. — Pandemiya sharoitida aynan shunday mobil dilerlarimiz abonentlarimizning manzillariga SIM-kartalarni yetkazib berish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallashdi. Mana bir necha yildirki, «Ucell» kompaniyasi Navoiy viloyatida abonentlar soni jihatdan yetakchi o‘rinni egallab keladi. 2020 yili, albatta, biz uchun juda ham unumli bo‘ldi, ya’ni o‘z oldimizga qo‘ygan juda ko‘p maqsadlarimizga erishdik. 2021 yilda ham asosiy maqsadlarimizdan biri — bu hududdagi o‘z pozitsiyamizni yo‘qotmaslik bo‘lib qoladi. Biz doim sizga sifatli aloqa xizmatlarini taqdim qilishdan xursandmiz.

«Ucell-Navoiy» abonentlarga xizmat ko‘rsatish guruhi rahbari Ulug‘bek Barnoyev shunday dedi:

— Jami 10 nafar operatorimiz mijozlarimizga sifatli xizmat ko‘rsatishmoqda. Kun davomida ular o‘rtacha Navoiyda 200-250 nafar, Zafarshon shahrida 150-200 nafar, Uchquduq tumanida 100 dan ziyod abonentlarimizga xizmat ko‘rsatishadi. Asosiy maqsadimiz mijozlarimizga kompaniya xizmatlarini sifatli yetkazish, ularning muammolari va takliflarini o‘rganishdan iborat. Yanada qulaylik yaratish maqsadida ofisimizda 7 kun xizmat ko‘rsatishni ta’minlaganmiz. Karantin vaqtida ham ofisimiz karantin choralariga amal qilgan holda xizmat ko‘rsatishni to‘xtatgani yo‘q.

Kompaniya dilerlari bilan ham suhbatda bo‘ldik. Shohista Qurbonova ulardan biri bo‘ldi.

— Men 2010 yildan beri Navoiy viloyat «Ucell» kompaniyasi dileri bo‘lib ishlab kelaman. Biz asosan abonentlarlarga xizmat ko‘rsatamiz. SIM-kartalar rasmiylashtiramiz, qo‘shimcha SIM-kartalar ulaymiz, har bir abonentning talabiga asosan ishlaymiz. «Ucell» har bir abonent talabini inobatga olib, aksiyalar va bonuslar joriy qilib boradi. Dilerlarga ham ko‘plab rag‘batlantirishlar qilinadi. Biz «Ucell»ning kelajagiga ishonamiz, — deydi Shohista.

— 2010 yildan beri «COSCOM MCHJ» korxonasi bilan hamkorlikda faoliyat yuritib kelmoqdamiz. Birinchi boshlagan vaqtimizda mobil xizmat ko‘rsatish avtomashinamiz bitta edi. Hozirgi kunda faoliyat ko‘rsatish davrida avtomobilimiz ikkita. 2020 yil, pandemiya davrida transportlarga cheklovlari o‘rnatilgani uchun velosepedlarda aholiga xizmat ko‘rsatdik, deydi  mobil diler Shuhrat To‘xtayev.

«Ucell-Navoiy» mintaqaviy ofisi bosh muhandisi Alisher Ibodullayev hududda yo‘lga qo‘yilayotgan texnik jarayonlar haqida o‘rtoqlashdi:

— Kompaniyaning Navoiy viloyati hududiy bo‘limida 25 ta texnik mutaxassis bo‘lib, 200dan ziyod tayanch stansiyasiga texnik xizmat ko‘rsatib keladi. Tayanch stansiyalarining 110 tasida 3G, 107 tasida 4G tarmog‘i o‘rnatilgan bo‘lib, viloyatimizda hamma shahar va tuman markazlari internet tarmog‘i bilan ta’minlangan. Kompaniya tomonidan asosiy e’tibor «Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati»ning ishlab chiqarish hududlarida va ruda qazib chiqarish hudlarida uzliksiz aloqani ta’minlashga qaratilgan. Eng uzoq hudud bo‘lgan «Navoiy-Zarafshon-Uchquduq» avtomagistralining 90 foizi kompaniya aloqa xizmati bilan qamrab olingan. Asosiy maqsadimiz abonentlarga uzluksiz va sifatli aloqa xizmatlarini ta’minlashdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring