Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ucell kompaniyasi 4G hudud doirasini yetti martaga oshirdi

Ucell kompaniyasi 4G hudud doirasini yetti martaga oshirdi

Foto: «Xabar.uz»

So‘nggi uch yil ichida «COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) har yili O‘zbekistonning barcha hududlarida tarmoq imkoniyatlarini oshirib bormoqda. Texnologiyalar departamenti mijozlar manfaatlari uchun barcha infratuzilma tarkibiy qismlarini rivojlantiradi: tarmoq tezligini, quvvatini va qamrovini oshiradi.

2018-yil boshidan buyon operator kompaniyaning shu kungacha bo‘lgan butun faoliyati davridan ko‘proq 4G tayanch stansiyalarini qurdi va ularning sonini 7 martaga oshirdi. Shunday qilib, agar 2018 yil dekabr oyida O‘zbekistonda 4G qamrovi atigi 9,1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda mamlakat aholi punktlari hududining 71,6 foizi to‘rtinchi avlod aloqasi qamrovi bilan ta’minlangan.

Tarmoq hajmi va qamrovi nafaqat yirik shaharlarda, balki kichik aholi punktlarida ham oshirildi. Yangi tayanch stansiyalari zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda qurildi. Kompaniya Huawei, Nokia va ZTE kabi jahon telekommunikatsiya bozorining taniqli yetakchilari bilan hamkorlik qiladi.

Borish qiyin bo‘lgan chekka hududlarda zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasini yaratish barcha mamlakatlarda juda qiyin jarayon deb hisoblanadi. Ba’zi tepaliklarga butlovchi qismlarni faqat vertolyotda yoki bardoshli eshshaklarda chiqarish mumkinligi buning yaqqol sabablaridan biri hisoblanadi. Ucell texnik departamenti respublikaning barcha burchaklarida aloqa mavjudligiga alohida e’tibor bilan qaraydi. Shu yo‘sinda, o‘tgan yili 2850 metr balandlikda, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi «Bog‘cha» fuqarolar yig‘ini tepasida tayanch stansiyasi o‘rnatildi.

«Bog‘cha» qishlog‘idagi kabi elektr energiyasidan foydalanish qiyin bo‘lgan va tashqi ta’sirlardan himoyalanmagan hududlarda stansiyalar muqobil quvvat manbalari bilan jihozlangan bo‘lib, ularda quyosh asosiy energiya manbai bo‘lib xizmat qiladi. Agar quyosh panellaridan foydalanish qiyin bo‘lsa, u holda stansiya dizel generatori yoki akkumulyator batareyalari bilan ishlaydi.

Sardoba suv omboridagi texnogen falokat oqibatlari va Buxoro viloyatidagi bo‘ronli shamol oqibatlarini bartaraf etish voqealari alternativ quvvat manbalarini favqulodda o‘rnatishning yorqin namunasidir desak bo‘ladi. Bundan roppa-rosa bir yil oldin, to‘g‘on buzilganida, 11 ta Ucell aloqa stansiyalari quvvat manbaisiz qoldi va qayta tiklash ishlari olib borilayotgan paytda, ushbu stansiyalar, Buxoro viloyatidagi tayanch stansiyalari singari mobil generatorlar yordamida ishlab turishi ta’minlandi.

2018-yildan buyon kompaniya 107 ta dizel generatorlarini (DGS) o‘rnatdi va modernizatsiya qildi, 4500 ta akkumulyator batareyalarini (AKB) almashtirdi va ob’yektlarda 76 ta yangi quyosh elektr stansiyalarini o‘rnatdi.

Ucell bugungi kunda tayanch stansiyalarni muqobil elektr energiyasi manbalari bilan ta’minlash bo‘yicha sohaning yetakchisi hisoblanadi va kelajakda ham yetakchilikni saqlab qolishni rejalashtirmoqda. Tarmoqning mavjudligi ko‘rsatkichi maxsus nazorat ostida bo‘lib, bu ko‘rsatkich akkumulyator batareyalarni muntazam yangilanib turilishi tufayli oshirib boriladi.

An’anaviy ravishda O‘zbekistonda ilg‘or texnologiyalarni joriy etishda kashfiyotchi sifatida faoliyat yuritayotgan Ucell, o‘tgan yili poytaxtdagi barcha metro stansiyalarini uyali aloqa va internet bilan ta’minladi. Va yaqinda u o‘z abonentlari uchun 5G — beshinchi avlod aloqalari mavjudligini e’lon qildi.

Aloqa sifatidagi o‘zgarishlar trafik sarflanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. LTE trafigi 2021 yilning birinchi choragida o‘tgan yilning birinchi choragiga nisbatan 177 foizga o‘sdi.

Uning internet-trafik umumiy hajmidagi ulushi (4G+3G+2G) o‘sdi va 62 foizni tashkil etadi.

2020-yil avgust oyidan boshlab kompaniya abonentlar soni bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda.

Va bu kompaniya mutaxassislari uchun chegara emas. Kelgusi ikki yilda tarmoqni keng miqyosda o‘zgartirish, transformatsiya qilish rejalashtirilgan.

2021-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, 2G O‘zbekiston hududining 97,8 foizini qamrab olgan. Kompaniyaning 3G tarmog‘i mamlakatning 73,2 foiz aholi punktlarini qamrab oladi. 4G tarmog‘i yirik shahar va aholi punktlari hududining 71,6 foizini qamrab oladi.

O‘zbekistondagi eng yirik uyali aloqa operatori Ucell joriy etilayotgan zamonaviy texnologiyalar yordamida har joyda hayotning yanada sifatli bo‘lishi va hamma uchun foydali bo‘lishini ta’minlashga intiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring