Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Ucell». Joylarda abonentlarning muammolariga tezkorlik bilan yechim topilmoqda

«Ucell». Joylarda abonentlarning muammolariga tezkorlik bilan yechim topilmoqda

Foto: «Ucell»

Bugungi kunda («Ucell» savdo belgisi ostida) «COSCOM» MChJ 7,5 milliondan ortiq abonentlarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Kompaniya tomonidan har bir taklif etilib kelinayotgan yangi mahsulot yoki qo‘shimcha xizmat bu Kompaniyadagi barcha bo‘linmalar bahamjihatlik bilan amalga oshirgan ishlarning natijasidir. Har kuni Kompaniyaning yuqori malakali mutaxassislarni o‘z ichiga olgan jamoasi innovatsion texnologiyalarni mamlakatimizning turli burchaklarida joriy etish maqsadida faoliyat olib boryapti. Bunga iste’molchilarning murojaatlari bilan bog‘liq ravishda doimiy ravishda joylarga chiqishlar ham o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

Aloqa va axborotlashtirish bozori dunyo bo‘yicha va milliy iqtisodiyotning istiqbolli hamda jadal rivojlanib kelayotgan asosiy sohalardan biri bo‘lib qolmoqda. Zamonaviy dunyoda telekommunikatsiyalar tizimni tashkil etuvchi soha sifatida ahamiyatga ega deb ta’kidlashimiz to‘g‘ri bo‘ladi. Telekommunikatsiyalarning rivojlanishi barqaror rivojlanish manbai sifatida to‘g‘ri qabul qilinadi. Aynan shu sabab, bugungi kunda telekommunikatsiyalar zamonaviy jamiyat hayotida ijobiy o‘zgarishlarga olib keladigan hal qiluvchi omillardan biri sifatida tan olingan.

O‘zbekiston telekommunikatsiya bozorida, bu ayniqsa so‘ngi yillarda yaqqol kuzatilmoqda, iqtisodiyotning rivojlanishiga va aholi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti yaxshilanishiga alohida ahamiyat berib kelinmoqda. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar tizimida olib borilayotgan ishlar tahliliga hamda sohani jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni aniqlashga bag‘ishlangan yig‘ilishda mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar barcha sohalarning jadal rivojlanishiga yordam beradi va odamlarga qulayliklar yaratadi», deb ta’kidlagan edilar.

O‘zbekiston uyali aloqa bozorida beshta operator faollik bilan iste’molchilar uchun raqobatli kurash olib boryapti. Shubhasiz, uyali aloqa taraqqiy etishidagi  yuksalishning asosiy omili bu texnologiyalarning takomillashishi va raqobat rivojidir. Har bir kompaniya bir xil texnik va texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, hattoki bir xil narxlash siyosatiga ega bo‘lgan sharoitlarda, kompaniyalar yangi marketing tashabbuslariga, iste’molchilarning xohish-istaklarini o‘rganishga katta e’tibor berishmoqda.

Bugungi kunda («Ucell» savdo belgisi ostida) «COSCOM» MChJ 7,5 milliondan ortiq abonentlarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Kompaniya tomonidan taklif etilib kelinayotgan har bir yangi mahsulot yoki qo‘shimcha xizmat bu Kompaniyadagi barcha bo‘linmalar bahamjihatlik bilan amalga oshirgan ishlarning natijasidir.

Kompaniyaning Toshkent va Farg‘onadagi oyiga millionlab qo‘ng‘iroqlarni qabul qiladigan Call-markazlari ko‘p holatlardan xabardor bo‘lishga yordam beradi. Ishonch telefoni tunu kun ishlaydi va abonentlar unga bepul qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin. Har kuni  Call-markaz operatorlari abonentlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda bo‘lib, «virtual kotib» xizmatini taqdim etib keladilar.

Call-markaz orqali kelib tushadigan axborotdan tashqari, Kompaniya mutaxassislari O‘zbekistonning barcha aholi punktlarida aloqa va xizmat sifatini doimiy ravishda sinovdan o‘tkazib kelishmoqda.

Foto: «Ucell»

Har kuni Kompaniyaning yuqori malakali mutaxassislarni o‘z ichiga olgan jamoasi innovatsion texnologiyalarni mamlakatimizning turli burchaklarida joriy etish maqsadida faoliyat olib boradilar. Bunga iste’molchilarning murojaatlari bilan bog‘liq doimiy ravishda joylarga tashrif buyurishlar ham o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Uyali aloqa abonentlari bilan muloqotning odatiy qarashlarini o‘zgartirgan holda, «Ucell» Kompaniyasi har doimgidek davlatimizdagi raqamli texnologiyalar bo‘yicha yo‘l ko‘rsatuvchi maqomini tasdiqlaydi.

Mijozlarga g‘amxo‘rlik ularni tinglashdan boshlanadi. «Ucell» Kompaniyasi Bosh direktori vazifasini bajaruvchi Vladimir Kravchenkodan ibrat olib, Kompaniya mintaqaviy filiallar rahbariyati yordam so‘rab murojaat etgan abonentlar bilan doimiy ravishda uchrashib turadilar. Abonentlar bilan uchrashuvlardan asosiy maqsad bu murojaatlarni o‘rganish bilan hozirgi aloqa sifatini yaxshilash.

Foto: «Ucell»

Mutaxassislarimiz quyidagi manzillarga tashrif buyurishdi:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Qanliko‘l tumani «Boston» QFY.
  • Andijon viloyati. Qo‘rg‘ontepa tumani «Navro‘z» QFY va Ulug‘nor tumani «Mingbuloq» QFY.
  • Jizzax viloyati. Forish tumani «Qizilqum» va «Qoratosh» QFY, Forish tumani Fayziobod ko‘chasi.
  • Buxoro viloyati. Qorako‘l tumani «Xo‘jalar» QFY. 
  • Qashqadaryo viloyati. Nishon tumani «Shirinobod» QFY.
  • Namangan viloyati. Yangiqo‘rg‘on tumani «Qizil yozi» QFY. Namangan shahri Islom Karimov va Kosonsoy ko‘chalari.
  • Samarqand viloyati. Ishtixon tumani «Beshbola» mahallasi, Qo‘shrabot tumani «Qiyqim» QFY va Kattaqo‘rg‘on shahri.
  • Sirdaryo viloyati. Yangiyer shahri «Binokor» mahallasi, Mirzaobod tumani «Bahoriston» QFY.
  • Farg‘ona viloyati. Furqat tumani «Chilgijiyda» QFY, «Jangketmon» QFY va «Navbahor» QFY, Quva tumanidagi «Akbarobod» QFY va Farg‘ona shahri «Sulhtepa» mahallasi.
  • Xorazm viloyati. Yangiariq tumani «Ostona» shaharchasi.
Foto: «Ucell»

Joylarda, har bir uchrashuvdan so‘ng, mobil aloqani yaxshilash bo‘yicha aniq amaliy choralar ko‘rilmoqda. Texnologik uskunalar o‘rnatilib, sozlash ishlari olib borilmoqda, yangi tarif va xizmatlar ishlab chiqilmoqda.

O‘tkazilgan uchrashuvlar natijasidan bir misol: 18-oktyabrdan Farg‘ona, Qashqadaryo, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida qulay abonent to‘lovini o‘z ichiga olgan «Marhamat» nomli yangi tarif rejasini joriy etildi.

Yarim yil ichida Kompaniya xitoylik hamkorlar — «ZTE» va «Huawei» bilan birgalikda O‘zbekistonning yettita viloyatida mavjud 4G bazalarini zamonaviylashtirish bo‘yicha 40 million AQSh dollaridan ortiq katta hajmdagi ishlarni amalga oshirdi. Yil oxirigacha barcha viloyatlarda 4G aloqa ishga tushiriladi. 2020-yilning oxiriga borib «Ucell»ning barcha tayanch stansiyalari ushbu texnologiyalar asosida ishlaydi. Yaqin kelajakda mijozlar mobil internet tezligi oshganligini amalda ko‘rib, ishonch hosil qilishlari mumkin.

Kelgusi yilda mamlakatimizning chekka hududlarida ham aloqa sifatini oshirish uchun yangi tayanch stansiyalarni qurish, ularni texnik jihozlash Kompaniya rejasida bor.

Eslatib o‘tish joizki, «Ucell» Kompaniyasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan mamlakatimizdagi eng yirik soliq to‘lovchisi sifatida qayd etilgan.

«Ucell» mutaxassislari doimo har bir abonent fikriga quloq tutib, inobatga olishga intilishadi. Mamlakatdagi eng yirik uyali aloqa operatorlaridan biri bo‘lgan «Ucell» Kompaniyasi joriy etib kelinayotgan zamonaviy texnologiyalar yordamida hayotning eng yaxshi tarafi hamma joyda mavjud va barcha uchun foydali bo‘lishiga intiladi.

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring