Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

U ishlab topayotgan yillik mablag‘ miqdoriga mintaqaning eng kuchli AT-tadbirkorlari ham havas qiladi — Saidravshan Shokirov bilan tanishamiz (video)

«Bolaning qobiliyati ota-onasining hamyoniga bog‘liq emas». Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Jores Alferovning bu fikri naqadar haqiqat ekanligiga Buxoroda bo‘lganimizda yana bir bor amin bo‘ldik.

Dasturchi frilanser sifatida ish boshlagan Saidravshan Shokirov dastlabki mablag‘i — 100 dollarni 15 yoshida topgan. 25 yoshli frilanser «Toptal.com» jahon frilanserlar dasturchisi sanaladi. Ayni paytda u toptal.com autsorsing platformasida dunyoning eng kuchli dasturchilaridan biri sifatida top-3talikdan o‘rin olgan. Hozirgacha 38 ta yirik loyiha ustida ish olib borgan. U ishlab topayotgan yillik mablag‘ miqdoriga mintaqaning eng kuchli AT-tadbirkorlari ham havas qiladi.

2020-yil boshida Saidravshan Shokirov «Monday Labs» dasturchilar maktabini tashkil qildi.

«Oldimizga uch asosiy maqsadni qo‘yganmiz, — deydi u. — Birinchisi, «Monday» akademiyamizda yoshlarni o‘qitib, dasturlash bo‘yicha kadrlarni tayyorlaymiz. Ikkinchi yo‘nalishimiz autsoring bo‘lib, dunyo bozoridan axborot texnologiyalari bo‘yicha buyurtmalar olib, yoshlarni ish bilan ta’minlaymiz. Uchinchisi esa startap loyihalar ustida ishlaymiz.  Mazkur loyihalarni avval o‘zimizda tatbiq etib, keyinchalik MDH va xorijga olib chiqamiz.

«Monday Labs» dasturchilar maktabini shu vaqtgacha 214 nafar o‘quvchi tamomlagan. Ular orasidan 10 nafari Saidravshan Shokirov rahbarlik qilayotgan «Monday Labs» MChJga ishga olingan. U 2023-yilgacha xalqaro talablarga javob beradigan 250 nafar kuchli dasturchi tayyorlashni rejalashtirgan.

«Frilanser qaysi yo‘nalishda ishlashni o‘zi tanlab olishi kerak? — deydi Saidravshan. — Hozir mamlakatimizda ham, xorijda ham axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislarga talab oshgan. Demak, kuchli mutaxassis bo‘lish uchun tinmay izlanish va tajriba orttirish zarur. Buning uchun esa sabr va qunt kerak. Frilanser uchun alohida ofis shart emas. Uzluksiz elektr energiya va internet bo‘lsa kifoya.

Buxoroda axborot texnologiyalari bo‘yicha iste’dodli yoshlar ko‘p. Ularning bir vakili bo‘lgan Saidravshan mamlakatimizda keng quloch yoygan «One Million Uzbek Coders» loyihasini amalga oshirishga hissa qo‘shishni niyat qilgan. Omad tilaymiz!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring