Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiya COVID-19ga qarshi qaysi vaksinadan foydalanishi aniq bo‘ldi

Turkiya COVID-19ga qarshi qaysi vaksinadan foydalanishi aniq bo‘ldi

Foto: «Atlasdergisi.com»

Turkiya hukumati koronavirusga qarshi Xitoyning «SinoVac» kompaniyasiga tegishli «SoronaVac» vaksinasini favqulodda vaziyatlarda foydalanishni ma’qulladi, payshanba kuni shifokorlarni emlash boshlanadi, dedi respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Faxrettin Koja.

«Xitoy vaksinasini sinovdan o‘tkazish bugun yakuniga yetdi, u yetarlicha ishonchli. Bugun oqshomdan boshlab favqulodda vaziyatlarda vaksinadan foydalanish ma’qullandi. Ertangi kundan shifokorlar emlana boshlaydi», — deya ma’lum qildi Koja.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, o‘zi va ilmiy kengash a’zolari chorshanba kuniyoq vaksinatsiyadan o‘tmoqchi.

Avvalroq Koja Xitoyning «SinoVac» kompaniyasi vaksinani yetkazib berishni boshlaganini e’lon qilgan edi. Turkiya fevralning oxiriga qadar 50 million dozani olishni kutmoqda. Shuningdek, Turkiya hukumati mart oyining oxiriga qadar Amerikaning «Pfizer» kompaniyasi hamda uning nemis hamkori «BioNTech» tomonidan ishlab chiqarilgan 4,5 million doza koronavirusga qarshi vaksinani sotib olmoqchi.

Turkiyada emlash to‘rt bosqichda amalga oshiriladi. Dastlab vaksina shifokorlar va xavf ostida bo‘lganlar tomonidan qabul qilinadi, vaksinatsiyaning birinchi bosqichi 9 millionga yaqin odamni qamrab olishi kutilmoqda.

«Worldometers» ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni 2,346,285 kishiga yetdi. 23,152 bemor hayotdan ko‘z yumdi. 2,218,464 kishi kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring