Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp o‘zining qo‘lga olinishini ma’lum qildi

Tramp o‘zining qo‘lga olinishini ma’lum qildi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 21 mart kuni hibsga olinishini kutayotganini aytdi. Bu haqda siyosatchi Truth Social tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

Trampning yozishicha, Manxetten okrugi prokuraturasidan «sizdirilgan» ma’lumotlardan u 21 mart kuni hibsga olinishi rejalashtirilayotganini bilgan. Prokuratura uni aynan nimada ayblayotganiga Tramp aniqlik kiritmagan. Siyosatchi o‘z tarafdorlarini norozilik namoyishlariga chiqishga chaqirdi.

«Norozilik bildiring, mamlakatimizni qaytarib oling!», deb yozgan u.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring