Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdagi universitet talabasida koronavirus aniqlandi. Ikki fakultet hududi to‘liq yopilgan

Toshkentdagi universitet talabasida koronavirus aniqlandi. Ikki fakultet hududi to‘liq yopilgan

Foto: Xabar.uz

Kecha, 22-yanvar kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (TDPU) rus tili va adabiyoti fakulteti talabasida koronavirus aniqlangan. Bu haqda Repost ma’lum qildi.

Ushbu talaba bilan muloqot qilganlar va fakultet binosida bo‘lganlarga 14 kun davomida o‘zini o‘zi izolyasiya qilish tavsiya qilingan.

Oliy ta’lim vazirligi holatga izoh berarkan, 24 yanvardan boshlab ikki fakultetning 2, 3, 4-kurs talabalari qishki sessiyaning yakuniy imtihonlarini onlayn tarzda topshirishini, 1-kurs talabalari ikki haftadan so‘ng, 8-fevradan an’anaviy tarzda o‘qishga qaytishini ma’lum qilgan.

Rus tili va adabiyoti, xorijiy tillar fakulteti binosining barcha chiqish eshiklari va hududlari butunlay izolyasiya qilingan. Hafta davomida tibbiy-sanitariya tozalash ishlari olib boriladi. Ushbu fakultetlarning hududi to‘liq yopilgan va nazorat ostiga olingan.

Qolgan barcha fakultetlarning talabalari o‘qishni davom ettirishlari va imtihonlarni oflayn rejimda topshirishlari qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring