Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi ko‘chalardan biri Yangi yil arafasigacha yopiladi

Toshkentdagi ko‘chalardan biri Yangi yil arafasigacha yopiladi

Yo‘l ta’mirlash ishlari sababli 2020-yil 31-dekabrga qadar Farg‘ona yo‘li ko‘chasining Yong‘in-qutqaruv qismi («O‘zbek qog‘ozi» OAJ) yaqinidagi qismi harakatlanish uchun qisman yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Nukus ko‘chasi va KXAY tomonidan Yong‘in-qutqaruv qismi («O‘zbek qog‘ozi» OAJ) yo‘nalishida harakatlanayotgan avtotransport vositalari oqimi Qo‘shko‘prik ko‘chasiga yo‘naltiriladi.

«O‘zbek qog‘ozi» OAJ tomonidan KXAY va Nukus ko‘chalari yo‘nalishida  ketayotgan avtotransport vositalari oqimining harakati o‘zgarishsiz qoladi.

Tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring