Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda rahbar va uning sheriklari 2,5 mlrd. so‘m pulni talon-toroj qildi

Toshkentda rahbar va uning sheriklari 2,5 mlrd. so‘m pulni talon-toroj qildi

Foto: Xabar.uz

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruvda o‘tkazilgan.

«B.T.» MChJ rahbari A.N. va boshqalar kredit ta’minoti sifatida MChJga qarashli 7 ta maxsus texnikalar mavjudligi va taqiqda emasligi haqida soxta ma’lumotnomalar tayyorlab, bank muassasidan 2,5 mlrd so‘m kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Departamentning Dehqonobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «M.P.» xususiy korxonasi rahbari S.X. tijorat banki filialidan naslli chorva mollarini sotib olish uchun 100 000 AQSh dollari kredit ajratilishga erishib, hujjatlarni qalbakilashtirish orqali chorva mollarni boshqa shaxslarga sotib yuborib, juda ko‘p miqdordagi kredit mablag‘ini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Pop tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «J.I.» MChJ rahbari B.A. hududiy tijorat banki filiali sobiq boshqaruvchisi M.O. bilan o‘zaro til biriktirib, bank filialidan maxsus texnikalar sotib olish uchun ajratilgan 980 mln so‘m kreditning garov ta’minotini to‘liq ta’minlamasdan, maxsus texnikalarni boshqa shaxslarga sotib yuborib, kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Departamentning Izboskan tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «B.B.» MChJ rahbari B.Q. va boshqalar tijorat banki filialidan «Volvo Ew 145 B» rusumli ekskavator xarid qilish uchun ajratilgan 845 mln so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Departamentning Toyloq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, fuqaro I.Ya. bank muassasi mas’ul xodimlari bilan oldindan o‘zaro til biriktirib, «S.M.» MChJga 800 mln so‘m kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablag‘larni soxta monitoring dalolatnomalari tuzish orqali «R.T.» MChJga uskuna olish uchun o‘tkazish yo‘li bilan talon-taroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring