Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda «qizil» mahallalar soni oshdi

Toshkentda «qizil» mahallalar soni oshdi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda qayd etilishicha, jami 8031 nafar fuqaroda koronavirus qayd etilgan. 5329 nafar bemor to‘liq sog‘aygan, 2680 nafari davolanmoqda.

Ulardan:

  • 6 nafari — o‘ta og‘ir;
  • 19 nafari — og‘ir;
  • 230 nafari — o‘rta og‘ir;
  • 2425 nafari — qoniqarli holatda.
  • 162 nafarida pnevmoniya aniqlangan.

Virusologik laboratoriyalarda oxirgi bir kunda 15 459 ta, epid mavsum davomida 1,176 205 ta test sinovlari o‘tkazildi.

Respublikadagi 29 ta tuman va shaxar «qizil» hududga, 43 tasi «sariq» hududga hamda 131 ta tuman va shahar «yashil» hudud toifasiga kiritildi.

Toshkent shahri bo‘yicha kasallik qayd etilgan 333 ta «yashil», 87 ta «sariq» va 99 ta «qizil» mahalla, mavze va daha hududlari bo‘ylab karantin va profilaktik tadbirlar belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring