Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda «O‘zbekistonlik» forumi qanday o‘tdi? (Foto)

Toshkentda «O‘zbekistonlik» forumi qanday o‘tdi? (Foto)

26 sentyabr kuni Toshkentdagi Intercontinental mehmonxonasida dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan o‘zbekistonliklar, ishbilarmon doiralar vakillari, diplomatlar va turli soha mutaxassislari ishtirokida «O‘zbekistonlik.Toshkent» IV xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.

«O‘zbekistonlik» forumlarining maqsadi – butun dunyo bo‘ylab yoyilgan o‘zbekistonliklar o‘rtasida global netvorkingni yo‘lga qo‘yish va O‘zbekistonni intellektual, iste’dodli va mehnatkash insonlar mamlakati sifatida tarannum etish. Uzbekistan’s club ijodiy jamoasi tomonidan tashkil etiladigan xalqaro «O‘zbekistonlik» forumlari avvalroq Berlin (Germaniya), Parij (Fransiya) va London (Angliya) shaharlarida muvaffaqiyat bilan bo‘lib o‘tgan edi. 

Tadbirda ilk bor «Oltin Chinor» Milliy mukofotining taqdirlash ma’rosimi bo‘ldi. Bu mukofot ijtimoiy mas’uliyat sohasidagi yetakchi kompaniyalarni rag‘batlantirish maqsadida ta’sis etilgan bo‘lib, unga eng ilg‘or ijtimoiy loyihalarni amalga oshirgan korxonalar loyiq ko‘rildi. «Oltin Chinor – 2024» mukofoti Agrobank, TBC Bank, Korzinka.uz, SQB, Kapitalbank, Uzum va Payme ekotizimlariga topshirildi.

Zamonaviy va o‘ziga xos uslubga ega «Uzbekistan’s club» nomli yangi jilokor jurnalning ikkinchi soning taqdimoti ham forum doirasida bo‘lib o‘tdi. Jurnal muqovasini mashhur xonanda Lola Yo‘ldosheva bezadi. Jurnal sahifalaridan Qahramon Quronboyev, bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova, elchilar Furqat Siddiqov va Jonatan Henik, sportchilardan Oksana Chusovitina va Timur Kapadze, taniqli iqtisodchi Otabek Bakirov va boshqa nomdor o‘zbekistonliklar bilan intervyular o‘rin olgan.

«O‘zbekistonlik» filmining 5-epizodi premerasi tadbirning uzoq kutilgan voqeasi bo‘ldi..

Navbatdagi «O‘zbekistonlik — 2025» V Xalqaro Forumi AQShning eng yirik shahri Nyu-Yorkda bo‘lishi rejalashtirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring