Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatidan «Yangi Toshkent» shahri uchun yana joy ajratildi

Toshkent viloyatidan «Yangi Toshkent» shahri uchun yana joy ajratildi

Yuqori Chirchiq tumanidan davlat zaxirasiga qaytarilgan hamda toifasi o‘zgartirilgan 110,4 gektar yer maydoni doimiy foydalanish huquqi bilan «Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi»ga ajratib berildi.

Bu borada joriy yil 22-oktyabr kuni Toshkent viloyati hokimining tegishli qarori imzolandi.

Hujjatga ko‘ra, tumanning «O‘zbekiston», «Guliston» va «Istiqlol» mahallalaridagi hududlar «Yangi Toshkent shahri» hududiga o‘tkazilmoqda.

«Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi tomonidan mazkur yer maydonlarini belgilangan tartibda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda», – deyiladi hujjatda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring