Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent metrosida shubhali paket topildi

Toshkent metrosida shubhali paket topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Aytishlaricha, hozirgina qarovsiz buyum kimningdir selofan paketi (sumkasi) qolib ketganligi sababli-tezkor tekshiruv jarayonlar bo‘lmoqda” sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

Transport va turizm ob’yektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamentidan aniqlik kiritilishicha, holat 2021 yilning 13 sentyabr kuni soat 16:34 Toshkent metropolitenining “Paxtakor” bekatida yuz bergan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida, metropolitenda "egasiz qoldirilgan selofan paket" belgilangan yo‘riqnomaga asosan tekshirish maqsadida maxsus guruhga xabar berish choralari ko‘rilgan. Bu vaqtda Qashqadaryo viloyatida yashovchi shaxs selofan paket unga tegishli ekanini aytgan.

U hayol bilan shoshib qoldirib ketganini ma’lum qilib, kelgusida bu kabi holatga yo‘l qo‘ymasligi haqida tilxat yozgan va selofan paketni olib ketgan.

Ushbu sariq rangli selofan paket ichida fuqaroga tegishli erkaklar kiyim bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring