Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent ko‘chalarida «izg‘ib yurgan super GAI mashinasi» haqida rasmiy ma’lumot berildi

Toshkent ko‘chalarida «izg‘ib yurgan super GAI mashinasi» haqida rasmiy ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Poytaxt ko‘chalarida qoidabuzarlikni aniqlovchi yangi moslama» sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda «Tracker» rusumli, 01 779 VSC davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobilining tom qismiga o‘rnatilgan moslama aks etgan video lavha tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Yo‘llarda nazoratni ta’minlashda inson omilini cheklash, fuqarolar bilan muloqotni qisqartirish maqsadida rejali ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur moslama qoidabuzarlik holatlarini qayd etishga mo‘ljallangan. Hozirda sinov tariqasida qo‘llanilib, tajribadan o‘tkazilmoqda. Tajriba yakunlanib, moslamadan amaliyotda foydalanish boshlanganda qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring