Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent aeroportida imperiya tangalari fosh bo‘ldi

Toshkent aeroportida imperiya tangalari fosh bo‘ldi

Toshkent xalqaro aeroporti orqali xorijga yo‘l olgan fuqaro B.A.ning yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, yuklar orasida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan 8 dona Rossiya imperiyasida zarb etilgan qadimiy tangalar borligi aniqlanadi. Mazkur tangalarni olib chiqish uchun fuqaroda tegishli idoralar tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi «Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq ellik yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish mumkin emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring