Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

To‘daboshi ikkinchi marotaba o‘limga hukm qilindi

To‘daboshi ikkinchi marotaba o‘limga hukm qilindi

Foto: «Silkroadnews»

Yunnan provinsiyasi Oliy xalq sudi (Xitoy) jinoiy guruh rahbari Sun Syaoga nisbatan o‘lim jazosi belgiladi.

Sun ustidan 1998-yilda ham ayollarning nomusiga tegish, jamoatchilik tartibini qasddan buzish kabi ayblovlar qo‘yilib, o‘lim hukmi o‘qilgandi. Ammo keyinchalik hukm yumshatilib, 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosiga almashtirilgandi.

12 yil va 5 oy qamoqda o‘tirgan Sun 2010-yilda ozodlikka chiqadi.

Ammo oldingi hukmlardan xato topgan sud 2019-yilning oktyabr oyida Sunning ishini qayta ko‘rib chiqishni boshlaydi. Bu orada uning ochilmay qolgan boshqa qilmishlari ham fosh bo‘lgandi.

23-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida Sunga nisbatan ilgari qo‘llangan hukmlar xato deb topildi va unga o‘lim jazosi tayinladi. U va uning jinoiy to‘dasi 1995 va 1997-yillarda sodir etilgan qator jinoyatlarda aybdor deb topildi. Qolaversa, Sun Syao 2013—2018-yillarda uyushgan jinoiy to‘dalar faoliyatida doimiy qatnashib kelgani aniqlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring