Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tashkent city sayilgohida ilk yangi yil archasi o‘rnatildi

Tashkent city sayilgohida ilk yangi yil archasi o‘rnatildi

Bayramni keyinroqqa qoldirishga hojat yo‘q. Yangi yil shukuhidan bahramand bo‘lishni bugunning o‘zidanoq boshlang va birinchilardan bo‘lib archa oldida suratga tushing.

Yangi yil bayrami va Yangi yil oziq ovqat yarmarkasiga tayyorgarlik qizg‘in davom etmoqda. Hozirning o‘zidayoq Tashkent city sayilgohida yorqin Yangi yil kayfiyatini his etishingiz va kechqurunlari Toshkentda o‘rnatilgan ilk archaning go‘zalligidan bahramand bo‘lishingiz mumkin. Archa bog‘ning markaziga o‘rnatilgan, uning yorqin chiroqlarini sayilgohdagi har bir restorandan tomosha qilishingiz mumkin. Sayilgoh hududida o‘rnatilgan archa mo‘jizalar va sehrga to‘la bayramning tobora yaqinlashib kelayotganligini barchaga eslatib turadi.

Boulevard turar-joy majmuasining xiyobonlarida esa, siz o‘zingizni Yevropa ertaklariga tushib qolgandek his etasiz. Hudud bo‘ylab yorug‘ va ajoyib bezaklar o‘rnatilgan. Agar Yevropadagi Yangi yil yarmarkasiga hech qachon tashrif buyurmagan bo‘lsangiz, uning kayfiyati va shukuhini Toshkentda his etishingiz mumkin. Ta’kidlash lozimki, yarmarkani tashkillashtirish ishlari bilan xalqaro tajribaga ega rossiyalik mutaxassislar shug‘ullanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 10 dekabrdan 31 dekabrga qadar davom etadigan keng ko‘lamli tadbir davomida bayram uchun oziq-ovqatlar, sovg‘alar va barcha kerakli mahsulotlarni xarid qilishingiz, bir-biridan mazali taomlarni tatib ko‘rishingiz, yutuqli o‘yinlarda ishtirok etishingiz mumkin.

Bayram kunlari sayilgoh hududida 10 000 dan ortiq brendlar namoyish etiladi. Natijada soha vakillari tashrif buyuruvchilarni o‘z mahsulotlari bilan tanishtirishlari mumkin bo‘ladi. Tashkilotchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, shu kunlarda sayilgohga 1 000 000 dan ortiq mehmonlar tashrif buyurishi kutilmoqda.

Bayramning yorqin taassurotlaridan bahramand bo‘ling, Tashkent city sayilgohiga barcha oila a’zolaringiz bilan birgalikda tashrif buyuring. Tashkent city oilaviy sayr uchun mo‘ljallangan eng ajoyib joylardan biri. Bu yerda g‘aroyib tarzda bezatilgan xiyobonlar, yo‘laklar, bir nechta o‘yin maydonchalari, shuningdek, keksa insonlar dam olishlari mumkin bo‘lgan ko‘plab skameykalar mavjud. Bayram kunlarida bolalar uchun mo‘ljallangan ko‘plab tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ular ulkan havo sharining uchishini tomosha qilishlari, har kuni sahnalashtiriladigan ertakda ishtirok etishlari, estrada yulduzlarining chiqishlarini tomosha qilishlari, shuningdek, yoqimli sovg‘alar egasigaga aylanishlari mumkin.

Tashrif buyuruvchilarga har kuni yuzlab sovg‘alar taqdim etiladi. Bayram kunlarida mehmonlarimizga eng katta planetariy, mashhurlar muzeyi va, albatta, barcha mehmonlar va poytaxt aholisiga ajoyib hissiyotlar bag‘ishlaydigan parvozli teatrga tashrif buyurishlarini tavsiya etamiz.

Hozir yarmarkada qurilish ishlari olib borilmoqda, biroq ayrim ishtirokchi brendlarning nomlari hozirdan ma’lum. Yangi yil oziq ovqat yarmarkasida Makro supermarketlar tarmog‘i, mashhur Pepsi ichimligi, EVOS fastfudlar tarmog‘i kabi brendlar ishtirok etadi, Dilmah va Tudor choylari va MacCoffee mehmonlarimizni sovuq havoda isitishga ko‘maklashadi. Shuningdek, yarmarkada Tanho va To‘xtaniyoz ota kolbasa mahsulotlari bilan tanishishingiz, Oriflame va BellStoredan bayram sovg‘alarini xarid qilishingiz mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, yarmarka davomida haqiqiy o‘zbek oltini bilan boyitilgan Ocard suvining taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

Yarmarka 10 dekabrda boshlanadi. Hozirda ishtirokchilarning 90 foizi o‘z joylarini egallashga ulgurgan, ammo qolgan 10 foiz hududdan o‘z brendingiz uchun joy band qilish imkoniyatiga egasiz.

Tashkent city sayilgohida o‘tkaziladigan Yangi yil bayram tadbirlarida va Yangi yil oziq ovqat yarmarkasida ishtirok etish uchun ariza topshirish, shuningdek, batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun quyidagi telefonlar orqali tashkilotchilar bilan bog‘lanishingiz mumkin:

Yangi yil yarmarkasi: +99895 144 41 41
Tashkent city sayilgohi: +99890 315 93 76

Instagram: @tashkentcitypark
Facebook: tashkentcitypark

Reklama

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring