Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi qobiliyatli talabalar vazirlik va hokimliklar tizimida stajirovka o‘taydi – Mirziyoyev

Endi qobiliyatli talabalar vazirlik va hokimliklar tizimida stajirovka o‘taydi – Mirziyoyev

 

Bugungi yig‘ilishda Prezident Mirziyoyev davlat xizmatlarini isloh qilish, xususan, davlat idoralariga ishga qabul qilishning shaffof tizimini yaratish to‘g‘risida to‘xtaldi.

Ta’kidlanishicha, bu tizim tajriba tariqasida Samarqand viloyati va Davlat soliq qo‘mitasida sinovdan o‘tkazilgan bo‘lib, yil yakunigacha ishga qabul qilishning ochiq tanlov tizimini barcha idoralarda joriy qilish topshirig‘i berildi.

Buning uchun, ikki oy muddatda oliygohlar diplomlari va mehnat daftarchalarini mavjud elektron bazaga to‘liq kiritib, uni Tanlov elektron platformasiga integratsiya qilish vazifasi qo‘yildi.

Shuningdek, yil yakuniga qadar 4 mingta bo‘sh lavozimga tanlov o‘tkazish topshirildi.

«Har bir vazirlik va hokimlik kadrlar tanlashni oliygohlardan boshlashi zarur.

Bu tajribani tizimli yo‘lga qo‘yish uchun har bir vazir va viloyat hokimi bir oy muddatda Yosh mutaxassislarni tanlash dasturini e’lon qiladi.

Dastur doirasida oliygohlarning bitiruvchi kurslarida o‘qiyotgan qobiliyatli yoshlar saralanib, vazirlik va hokimlik tizimida stajirovka o‘taydi va o‘qishni tamomlagach, tanlov asosida ishga qabul qilinadi.

Bunda, nafaqat o‘zimizdagi oliygoh talabalari, balki nufuzli xorijiy oliygohlarda o‘qiyotgan yoshlarimiz ham qamrab olinadi», – dedi Prezident.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring