Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda zovurga qulagan yuk mashinasi ichida qolib ketgan shaxs qutqarildi (foto)

Sirdaryoda zovurga qulagan yuk mashinasi ichida qolib ketgan shaxs qutqarildi (foto)

Foto: viloyat FVB axborot xizmati

Joriy yilning 22-mart kuni soat 14-10 da Sirdaryo viloyati YHXB navbatchilik qismidan viloyat FVBning 1050 qisqa raqamiga Mirzabod tumani Bog‘iston MFY Sadaf ko‘chasidagi zovurga o‘rnatilgan ko‘prik ustidan harakatlanayotgan Q.O boshqaruvidagi «HAVO» rusumli tuproq ortilgan yuk avtomobili zovurga ag‘darilib, yo‘lovchisi A.S kabina ichida (suvda) qolib ketganligi to‘g‘risida xabar tushgan. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati ma’lum qildi.

Voqea joyiga FVB navbatchi maxsus qutqaruv guruhi chiqib, qutqaruvchilar tomonidan fuqaro A.S zovur ichidagi yuk avtomobili kabinasidan olib chiqildi va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tez tibbiy yordam xizmati xodimlariga topshirildi.

Hozirda ushbu fuqaroning ahvoli yaxshi. U qutqaruvchilarga o‘z minnaddorchiligini bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring