Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor terini tez qaritadigan mahsulotdan ogohlantirdi

Shifokor terini tez qaritadigan mahsulotdan ogohlantirdi

Vrach Anna Berezina Gazeta.ru nashriga bergan intervyusida shakarning zarari haqida gapirdi. O‘z javobida ekspert Amerika tadqiqotini asos sifatida keltirgan.

«Shakar terining sifatini pasaytiradi va uning qarishini tezlatadi. Shuning uchun diyetadan shakar miqdori yuqori bo‘lgan ovqatlarni olib tashlash kerak», — dedi shifokor.

Anna Berezina shuningdek, qaysi mahsulotlarga e’tibor berish kerakligini tushuntirdi. Shifokor ko‘proq sog‘lom mahsulotlar tarkibida bo‘lgan yog‘larni iste’mol qilishni tavsiya qildi.

«Agar ratsionda sog‘lom yog‘lar kam bo‘lsa (masalan, dengiz baliqlari, zaytun yoki zig‘ir yog‘i, avakado), unda Omega 3 ning iste’moli kamayadi, bu yog‘lar tanamizning har bir hujayrasining himoya funksiyasida ishtirok etadi, uni himoya lipid qatlami bilan qoplaydi», — deya xulosa qilgan ekspert.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring