Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov yangi jamoasining o‘ziga xos jihatini aytdi

Sherzod Shermatov yangi jamoasining o‘ziga xos jihatini aytdi

Foto: «Xabar.uz»

Xabar berganimizdek, bugun Xalq ta’limi vazirligida yangi vazir Sherzod Shermatov ishtirokida press-brifing o‘tkazildi. Unda «Xabar.uz» muxbirlari ham ishtirok etdi.

Tadbirda Sherzod Shermatov jurnalistlarni o‘z o‘rinbosarlari bilan tanishtirdi.

«Xalq ta’limi vazirligi, eng birinchi navbatda, xalqparvar vazirlik bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham bizga ommaviy axborot vositalarining yordami juda zarur. Prezidentimiz ham alohida ta’kidladi — Xalq ta’limi vazirligi yurtimizdagi eng muhim vazirliklardan biriga aylanishi kerak. Bunda sizlarning yordamingizga tayanamiz.

Alisher Umarov YuNESKOda ishlagan, ta’lim bo‘yicha katta mutaxassis. Otabek Nazirov davlatimiz rahbarining taklifiga binoan O‘zbekistonga kelib o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan vatandoshlarimizdan. U Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va boshqa tizimlarda yaxshi sharoitlarda ishlagan, endi O‘zbekiston ta’limiga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Sarvar Boboxo‘jayev Inha universitetining rektori bo‘lib ishlagan. Yana bir o‘rinbosarimiz — Alisher Sa’dullayev.

Jamoamizning o‘ziga xos tomoni — beshovimiz ham ingliz tilida muammosiz gaplasha oladigan rahbarlarmiz. O‘ylaymanki, bu ham dunyodagi foydali tajribalarni o‘rganish va joriy etishda qo‘l keladi», — dedi Shermatov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring