Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sherzod Shermatov «AyTi shaharcha» qurilish maydoniga bordi (foto)

Sherzod Shermatov «AyTi shaharcha» qurilish maydoniga bordi (foto)

Foto: Xabar.uz

Bugun, 20-noyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov poytaxtimizdagi Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkiga bordi. Bu yerda yangi qurilayotgan zamonaviy majmua qurilishlarning bugungi holati bilan yaqindan tanishdi.

Foto: Xabar.uz

Majmua shourumida qurilishi boshlangan binolar, ularda bo‘ladigan sharoitlar haqidagi taqdimot bilan tanishdi.

Foto: Xabar.uz

Mazkur zamonaviy majmua qurilishi 2019 yil 20 noyabrda boshlangan edi. Bu yerda bosqichma-bosqich 17 ta imorat, jumladan, 20-25 qavatli ofis binolari, konferensiya zali, kovorking markazi va boshqa ob’yektlar barpo etiladi. Inshootlar 9 balldan yuqori zilzilaga chidamli bo‘ladi. Yer ostida 3 qavatli avtoturargoh quriladi. Majmua hududida kafe va restoranlar, do‘konlar, masjid, sport maydonlari, dam olish joylari ham bo‘ladi.

Foto: Xabar.uz

Shu bilan birga IT-parkning istiqboldagi rejalari taqdimoti o‘tkazildi. Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki kompyuter dasturlash xizmatlari bilan shug‘ullanib kelayotgan xo‘jalik sub’yektlari va kichik tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularga yetarli sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etilgan.

Foto: Xabar.uz

Hozirgi kunda 496 ta dasturiy mahsulot va axborot texnologiyalari ishlab chiquvchi korxonalar IT-park rezidentlari hisoblanadi. Shundan 18 tasi xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalardir.

Joriy yilda respublika bo‘ylab 320 dan ortiq dasturiy mahsulotlar ishlab chiquvchi va kompyuter xizmatlarini ko‘rsatuvchi yangi korxonalar tashkil qilindi. Bundan tashqari yil davomida 100 ta startap-loyihalar inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarida ishtirok etdi.

Foto: Xabar.uz

IT-park rezidentlari sifatida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar 2028 yil 1 yanvarga qadar soliqlar va bojxona to‘lovlaridan ozod etilgan.

Respublika bo‘ylab IT-parkning 6 ta hududiy filiali (Andijon, Farg‘ona, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahri) hamda ikkita vaqtinchalik filiallari (Buxoro va Navoiy viloyatlarida), shuningdek, AQShning Delaver shtatida IT-park vakolatxonasi tashkil etilgan.

Foto: Xabar.uz

Taqdimotdan keyin Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini yanada rivojlantirish uchun o‘z takliflarini aytib, barcha ishlarni tizimli amalga oshirish bo‘yicha topshiriq berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring