Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov bilan Radoslav Gruk nimalarga kelishib olishdi?

Sherzod Shermatov bilan Radoslav Gruk nimalarga kelishib olishdi?

Foto: «Mitc.uz»

Bugun, 1-dekabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatovning Polsha Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Radoslav Gruk bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ikki davlatlar o‘rtasida AKT, shu jumladan, elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot, IT-ta’lim sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov ta’kidlaganidek, Polsha davlati qisqa muddat ichida qator yo‘nalishlarida sezilarli yutuqlarga erishayotgani shu bilan birga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va elektron hukumat sohalarida erishgan natijalari orttirgan tajribalari biz uchun ham ahamiyatli ekanligini ta’kidladi.

O‘z navbatida, Polsha Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi R.Gruk O‘zbekistonda elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga ijobiy baho berib, kelgusida ikki davlat o‘rtasida AKT sohasida hamkorlikni rivojlantirishga e’tibor qaratishini ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring