Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyeyov Nikol Pashinyanni qabul qildi

Shavkat Mirziyeyov Nikol Pashinyanni qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

MDHning Ashxobod sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyeyov Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyanni qabul qildi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligi qayd etildi.

Hukumatlararo va idoralararo darajada o‘zaro almashinuvlarni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Xalqaro siyosat va ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi hamkorlikka doir dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring