Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shahrisabzda gaz ballonidan chaqnash chiqdi. Ikki ayol jarohat oldi

Shahrisabzda gaz ballonidan chaqnash chiqdi. Ikki ayol jarohat oldi

Foto: «Uz24.Uz»

Shu yilning 15-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri Chilonzor ko‘chasida joylashgan «Kesh-Kristal» xususiy korxonasiga qarashli qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish sexidagi suyultirilgan gaz balloni jo‘mragi otilib ketishi oqibatida gaz sizib chiqib, chaqnash sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, hodisa oqibatida sex ishchilari — Shahrisabz shahrida yashovchi N.X. va D.Sh. ismli ayollar kuyish jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilganlar. Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring