Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Sen hayvonsan. To‘xtab tur, sen bola...» — Qashqadaryo moliya boshqarmasi rahbarining audiosi tarqaldi

«Sen hayvonsan. To‘xtab tur, sen bola...» — Qashqadaryo moliya boshqarmasi rahbarining audiosi tarqaldi

Bir qator ommaviy axborot vositalarida Qashqadaryo viloyati moliya boshqarmasi boshlig‘i Fayzullo Yusupovga tegishli ekani aytilgan video tarqaldi. 

Unda onlayn yig‘ilish o‘tkazayotgan Yusupov Koson tumani moliya bo‘limi mudirini haqorat qilgani ma’lum qilingan. Koson tumani moliya bo‘limi mudiri esa Yusupovning haqoratiga e’tiroz bildirib, o‘zini himoya qilishga uringan. 

«Sen hayvonsan. To‘xtab tur, sen bola. Sen faksogramma olmasdan turib moliya mudiri bo‘lib o‘tiribsanmi hali? Chiqar bu noinsofni»,—deya battar qizishgan Yusupovga tegishliligi aytilgan ovoz. 

Shuningdek, u «Hayvon dedingiz», deb likillaydi. Hayvondan nima farqi bor bu eshakning?!»,— deya haqoratni davom ham ettirgan. 

Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot kotibi Ahror Sodiqov mazkur masala yuzasidan bayonot berdi.

«Bu holat viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari N.Erkayev rahbarligida F.Yusupov va Sh.Safarov ishtirokida viloyat hokimligida muhokama qilindi hamda ish faoliyatida xodimlarga nisbatan odob-axloq normalariga amal qilgan holda xushmuomila munosabatda bo‘lish hamda masalalarni qonun doirasida ko‘rib chiqish yuzasidan viloyat Moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i F.Yusupov qat’iy ogohlantirildi.

Shuningdek, bu kabi holatlarni viloyatning boshqa tashkilotlari rahbarlari ish faoliyatida qaytarilishini oldini olish maqsadida, rahbarlarning mas’uliyatini oshirish maqsadida, viloyat Moliya boshqarmasi boshlig‘i F.Yusupovning mas’uliyatini ko‘rib chiqish yuzasidan Moliya vazirligiga taqdimnoma kiritildi»,—deyiladi Sodiqovning bayonotida.

Ta’kidlash joizki, Yusupov ushbu lavozimga 2019-yilning kuzida tayinlangandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring