Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Sberbank-Agrobank onlayn pul o‘tkazmalar» yangi xizmat turi taqdimoti o‘tkazildi

«Sberbank-Agrobank onlayn pul o‘tkazmalar» yangi xizmat turi taqdimoti o‘tkazildi

Foto:«Xabar.uz»

27 noyabr kuni Agrobank tomonidan respublikamizda birinchi bo‘lib yo‘lga qo‘yilgan «Sberbank-Agrobank onlayn pul o‘tkazmalar» yangi xizmat turi taqdimoti o‘tkazildi.

Ushbu xizmat Rossiya va O‘zbekistondagi ikkita yirik banklar Agrobank va Sberbanklarning hamkorligi doirasida ishlab chiqilib joriy qilindi. Endilikda pul o‘tkazmalari va qabul qiluvchilar pul jo‘natish va olish uchun bank filiallariga tashrif buyurishlari shart emas – pullar Rossiyadan O‘zbekistonga 24 soat davomida hamda dam olish kunlari ham jo‘natish mumkin.

Bugungi kunga qadar, Rossiyadan O‘zbekistonga pul yuborish – vaqtni talab etadigan jarayon bo‘lib, bunda pulni jo‘natuvchi avval kartadagi pulni olib, keyin eng yaqin bank bo‘limiga tashrif buyurgan holda pul o‘tkazmasi tizimidan foydalangan edi. O‘z navbatida, mablag‘ni oluvchi o‘ziga eng yaqin bank filialini topishi hamda bank ish kunida vaqt ajratishi kerak edi.

Bundan tashqari, Rosssiyadan turib O‘zbekistonga pul mablag‘larini yuborish uchun uchinchi shaxslar xizmatlaridan foydalanishga ham to‘g‘ri kelardi.

Endilikda bu jarayon avtomatlashtirilgan bo‘lib, Rossiyadagi barcha Sberbank filiallarida va «Sberbank Onlayn» mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi va mablag‘lar mobil ilova orqali Rossiya rublini avtomatik ravishda oluvchining Agrobank Xumo plastik kartasiga so‘mda o‘tkazib beriladi.

O‘zbekistonga pul jo‘natish uchun nima kilish kerak?

- O‘zbekistondagi qabul qiluvchining telefon raqami kiritiladi;
- rublda kerakli summa ko‘rsatiladi;
- avtomat tarzda telefon raqamiga bog‘langan so‘m plastik kartasining hisobiga mablag‘ onlayn o‘tkazib beriladi.

Bunda, Rossiya rublida qabul qilib olingan mablag‘ avtomat tarzda so‘m plastik kartaga konvertatsiya qilinib o‘tkazib beriladi.

Sebrbank orqali o‘tkazilayotgan pul o‘tkazma onlayn tarzda Agrobankning Humo kartasiga o‘tkaziladi.

Yuborilgan mablag‘larni mamlakatimizdagi 250 mingdan ortiq savdo va pullik xizmat ko‘rsatish shoxobchalaridagi to‘lov terminallari orqali savdo qilishlari hamda Agrobankning mamlakatimiz bo‘ylab o‘rnatilgan 520 dan ortiq bankomatlaridan naqd pul mablag‘lari ko‘rinishida yechib olishlari yoki bo‘lmasa «Agrobankmobile» ilovadan foydalanib to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, hozirgi vaqtda «P2P» xizmati yordamida mablag‘larni Agrobank plastik kartalaridan Sberbank plastik kartalariga o‘tkazish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Tez orada ushbu xizmatni «Agrobankmobayl» ilovasi yordamida ham amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

Rossiyaning eng yirik Sberbanki masofaviy xizmatlar ko‘rsatishda nafaqat Rossiyada balki MDH va xorijiy banklar o‘rtasida o‘z o‘ringa ega. Xalqaro reytinglarda ham yuqori natijalarga erishgan yirik banklardan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda, O‘zbekistonga xalqaro pul o‘tkazmalari orqali kelayotgan mablag‘larning asosiy qismi Rossiya Federatsiyasi ulushiga to‘g‘ri kelayotganligi sababli, Sebrbank bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikda ishlash va ishonchli sherik sifatida tanlash eng maqbul yo‘ldir.

Bu kabi sa’y-harakatlar avvalo, xizmatlar sifatining yaxshilanishiga, bank xizmatlari ommabopligiga, xizmatlar ko‘lamining oshishiga zamin bo‘lish bilan bir qatorda aholi va mijozlar uchun bank xizmatlaridan samarali foydalanishga keng imkoniyatlar yaratib beradi.

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring